Social Media Agent — Instagram biznesi uchun AI yordamchi
Instagram orqali sotadigan biznesga kun bo'yi bir xil savollar keladi: narx, yetkazib berish, manzil. Social Media Agent Direct xabarlari va izohlarga biznesning o'z bilim bazasi asosida javob beradi, jamoaga esa yagona inbox, mijozlar bazasi va avtomatizatsiyalarni beradi.

Kimlar uchun
Servis Instagram orqali mijoz topadigan va sotadigan bizneslar uchun: do'konlar, xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar va yetkazib berish bilan ishlaydiganlar. Ularda Direct'ga kuniga o'nlab xabar keladi, menejerlar esa har biriga tez javob berishga ulgurmaydi. Panel o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Vazifa
Instagram'dagi savollarning katta qismi takrorlanadi: narx, mavjudlik, yetkazib berish, ish vaqti va manzil. Menejer ularga qo'lda javob beradi, kechasi va dam olish kunlari esa xabarlar javobsiz qoladi.
Javob kechiksa mijoz boshqa sahifaga o'tadi. Telefon raqamini qoldirgan mijozlar esa yozishmalar ichida yo'qolib ketadi va ular bilan keyin bog'lanilmaydi.
Izohlar orqali keladigan qiziqish ham qo'lda boshqariladi: postdagi har bir "narxi qancha?" izohiga alohida javob yozish kerak.
Asosiy muammoni nima hal qiladi
Mahsulot yadrosi — bilim bazasiga tayangan AI javoblar: biznes profili, ish vaqti, yetkazib berish hududlari, mahsulotlar, FAQ, hujjatlar va havolalar kiritiladi, AI esa Direct'dagi savollarga faqat shu ma'lumot asosida javob beradi. Inbox, mijozlar bazasi va izoh avtomatizatsiyalari shu yadro atrofida qurilgan.
Nima qildik
Direct'ga AI javoblar
AI loyihaning Instagram akkauntiga kelgan xabarlarga bilim bazasi asosida javob beradi. Ketma-ket yuborilgan xabarlar bitta javobda birlashtiriladi, kerak bo'lsa suhbat operatorga o'tkaziladi.
Bilim bazasi
Biznes profili, ish vaqti, yetkazib berish hududlari, mahsulotlar katalogi, FAQ, kontaktlar, filiallar, hujjatlar va havolalar. AI javob bera olmagan savollar alohida ro'yxatga tushadi va bir bosishda FAQ'ga aylanadi.
Yagona inbox
Barcha suhbatlar bir joyda: holat, mas'ul xodim, o'qilmaganlar soni va suhbatning AI qisqacha mazmuni. Noto'g'ri AI javobini belgilash mumkin, tuzatishlar keyingi javoblar uchun saqlanadi.
Mijozlar bazasi (CRM)
Kontakt qoldirgan mijozlar avtomatik lid bo'ladi. Kanal, bosqich, mas'ul va davr bo'yicha filtrlar, eslatmalar, qo'lda kontakt qo'shish va CSV eksport.
Izoh avtomatizatsiyalari
Post va kalit so'z bo'yicha qoidalar: izohga ochiq javob, kechiktirilgan qo'shimcha javoblar va Direct'ga xabar. Xabarni faqat akkauntga obuna bo'lgandan keyin yuborish sharti ham bor.
Jamoa va bildirishnomalar
Egasi, admin va a'zo rollari, taklif orqali qo'shilish. Yangi lidlar va operator kerak bo'lgan suhbatlar haqida Telegram'ga xabar keladi.
Qanday ishlaydi
- 01
Biznes egasi telefon raqami bilan kiradi va Instagram akkauntini ulaydi.
- 02
Bilim bazasini to'ldiradi: mahsulotlar, narxlar, yetkazib berish, FAQ.
- 03
Mijoz Direct'ga yozadi yoki postga izoh qoldiradi — AI darhol javob beradi.
- 04
Mijoz telefon raqamini qoldirsa, u CRM'da lid bo'ladi va jamoaga Telegram'da xabar keladi.
- 05
Murakkab savollarda suhbat operatorga o'tadi, u inbox'dan javobni davom ettiradi.
Natija
Takroriy savollarga javob kechayu kunduz, menejer kutmasdan beriladi. AI faqat bilim bazasidagi ma'lumot bilan javob beradi, javob topa olmagan savollar esa bazani to'ldirish uchun ro'yxatga tushadi.
Telefon qoldirgan mijoz yozishmalar ichida yo'qolmaydi: u avtomatik lid bo'ladi, mas'ul xodim biriktiriladi va jamoa bu haqda Telegram'da biladi.
Direct, izohlar va mijozlar bazasi bitta panelda: menejer AI javoblarini nazorat qiladi, xatolarni belgilaydi va kerak bo'lganda suhbatni o'zi davom ettiradi.