Sun'iy intellekt va AI agentlar biznes uchun
Sun'iy intellektni biznesingizdagi aniq vazifalarga ulaymiz: Telegram va saytda mijozlarga o'zbek va rus tilida javob beradigan AI agentlar, CRM bilan ishlaydigan sotuv yordamchilari, kompaniya hujjatlari bo'yicha javob beradigan ichki assistentlar va qo'l mehnatini kamaytiradigan avtomatlashtirish.
Har bir loyiha kichik pilotdan boshlanadi: bitta jarayonni olamiz, haqiqiy savollar va hujjatlarda sinaymiz va natijani siz bilan baholaymiz. AI qayerda yordam berishi va qayerda inson kerakligini ochiq aytamiz. Narx vazifaga qarab individual hisoblanadi.

Qanday AI yechimlar yaratamiz
AI eng ko'p foyda beradigan joy — takrorlanadigan savollar, matn va hujjatlar bilan ishlash. Ko'pincha quyidagi vazifalar bilan murojaat qilishadi:
- 01
Mijozlarga javob beradigan AI agent
Telegram yoki saytda kunu tun javob beradi: narxlar, mavjudlik, yetkazib berish, buyurtma holati. O'zbek va rus tilida, kompaniyangiz ma'lumotlari asosida. Murakkab savollar menejerga o'tkaziladi.
- 02
CRM bilan sotuv yordamchisi
Murojaatni qabul qiladi, mijozning ehtiyojini aniqlaydi, mos mahsulotni taklif qiladi va amoCRM, Bitrix24 yoki o'z CRM'ingizda bitim ochadi. Menejer tayyor ma'lumot bilan ishni davom ettiradi.
- 03
ChatGPT va LLM integratsiyasi
Til modellarini mavjud sayt, bot, CRM yoki 1C'ga ulash: matn yozish, so'rovlarni tasniflash, qisqa xulosa, tarjima va qidiruv.
- 04
Kompaniya hujjatlari bo'yicha assistent (RAG)
Reglamentlar, shartnomalar, katalog va yo'riqnomalarni bilim bazasiga aylantiramiz. Assistent savolga hujjatlardan javob beradi va manbani ko'rsatadi.
- 05
Hujjatlarni qayta ishlash
Hisob-faktura, ariza, skan va xatlardan kerakli maydonlarni ajratib olish, tekshirish va tizimga kiritish. Shubhali holatlar xodimga ko'rib chiqish uchun beriladi.
- 06
Jarayonlarni avtomatlashtirish
n8n kabi vositalar va o'z kodimiz bilan servislarni bog'laymiz: murojaat keldi, AI uni tahlil qildi, CRM'da vazifa yaratildi va Telegram'ga xabar ketdi.
AI joriy etish xizmatiga nimalar kiradi
Faqat "modelni ulash" emas, balki u ishonchli ishlashi uchun kerak bo'lgan hamma narsa:
Vazifa va ma'lumotlar tahlili
Qaysi jarayon AI'ga mos kelishini, qanday ma'lumotlar borligini va natijani qanday o'lchashni aniqlaymiz. AI kerak bo'lmasa, buni ham aytamiz.
Bilim bazasi va promptlar
Kompaniya hujjatlari, narxlar va javob qoidalarini tayyorlaymiz. Agent nima deyishi va nima demasligi aniq belgilanadi.
Integratsiyalar
Telegram, sayt, amoCRM, Bitrix24, 1C va ichki tizimlar bilan bog'lanish, shunda agent faqat gapirmaydi, balki ish ham bajaradi.
Insonga o'tkazish
Agent javobni bilmasa yoki mijoz so'rasa, suhbat tarixi bilan menejerga o'tadi. Menejer boshidan so'ramaydi.
Test va sifat nazorati
Haqiqiy savollar to'plamida javoblarni tekshiramiz, xatolarni tuzatamiz va ishga tushgandan keyin suhbatlarni kuzatib boramiz.
Xarajatlar va xavfsizlik
Model tanlash, so'rovlar sonini cheklash, ishlatish xarajatlarini kuzatish va qaysi ma'lumotlar modelga yuborilishini nazorat qilish.
Texnologiyalar
Modelni vazifaga qarab tanlaymiz: sifat, narx, tezlik va ma'lumotlar qayerda qayta ishlanishi muhim. Tizim provayderga bog'lanib qolmasligi uchun modelni keyin almashtirish mumkin.
Til modellari
- OpenAI GPT
- Anthropic Claude
- Google Gemini
- Ochiq modellar
Bilim bazasi (RAG)
- PostgreSQL
- pgvector
- Qdrant
- Embeddinglar
Avtomatlashtirish
- n8n
- Python
- Node.js
- Webhook'lar
Integratsiyalar
- Telegram Bot API
- amoCRM
- Bitrix24
- 1C
AI qanday joriy etiladi
Kichikdan boshlaymiz va har bosqichda natijani haqiqiy ma'lumotlarda ko'rsatamiz.
- 1
Vazifani tanlash
Jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz va AI eng ko'p vaqt tejaydigan bitta vazifani tanlaymiz. Natijani qanday o'lchashni kelishamiz.
- 2
Pilot
Bilim bazasi va integratsiyalar bilan birinchi versiyani yig'amiz, haqiqiy savollar to'plamida sinaymiz.
- 3
Ishga tushirish
Agentni kanalga ulaymiz, menejerga o'tkazishni sozlaymiz va jamoangizga u bilan ishlashni ko'rsatamiz.
- 4
Kuzatish va rivojlantirish
Suhbatlar, xatolar va xarajatlarni kuzatamiz, bilim bazasini yangilaymiz va keyingi jarayonlarga kengaytiramiz.
Shu yo'nalishdagi loyihalarimiz
AI bilan ishlaydigan loyihalarimiz.
Ko'p beriladigan savollar
Loyiha boshlanishidan oldin eng ko'p so'raladigan savollarga qisqa javoblar.
01Biznes uchun AI agent qancha turadi?
Narx individual va vazifaga bog'liq: kanallar soni, bilim bazasi hajmi va integratsiyalar. Odatda kichik pilotdan boshlaymiz. Bundan tashqari, til modeli provayderiga so'rovlar uchun oylik to'lov bo'ladi, uni taklifda taxminiy hisoblab beramiz.
02AI agent o'zbek tilini tushunadimi?
Ha, zamonaviy til modellari o'zbek tilida yozilgan savollarni tushunadi va javob beradi. Lekin o'zbek tilida, ayniqsa kirill va lotin aralash yozilganda, rus tiliga qaraganda xatolar ko'proq uchraydi. Shuning uchun agentni sizning haqiqiy savollaringizda sinaymiz.
03AI noto'g'ri javob bersa nima bo'ladi?
Til modellari ba'zan ishonchli ko'rinadigan, lekin noto'g'ri javob beradi. Buni to'liq yo'qotib bo'lmaydi, lekin kamaytirish mumkin: agent faqat sizning ma'lumotlaringiz asosida javob beradi, bilmasa "bilmayman" deydi va suhbatni menejerga o'tkazadi. Narx va shartnoma kabi muhim ma'lumotlarni tizimdan oladi.
04Ma'lumotlarimiz xavfsizmi?
Qaysi ma'lumotlar modelga yuborilishini oldindan kelishamiz va keraksiz shaxsiy ma'lumotlarni yubormaymiz. Tanlangan provayderning ma'lumotlar bilan ishlash shartlarini birga ko'rib chiqamiz. Ma'lumot tashqariga chiqmasligi kerak bo'lsa, o'z serveringizda ishlaydigan ochiq modellarni ko'rib chiqish mumkin.
05AI menejerlarni almashtiradimi?
Bizning tajribamizda yo'q. AI takrorlanadigan savollar va qo'l mehnatini oladi, murakkab muzokaralar, shikoyatlar va nostandart holatlar insonda qoladi. Menejerlar mijozlar bilan ishlashga ko'proq vaqt topadi.
06Joriy etish qancha vaqt oladi?
Bitta jarayon uchun pilot odatda 2–4 hafta oladi. Bir nechta integratsiya va katta bilim bazasi bo'lsa ko'proq. Aniq muddat taklifda ko'rsatiladi.
07Ishga tushgandan keyin qo'llab-quvvatlaysizmi?
Ha. Suhbatlar sifatini kuzatamiz, bilim bazasini yangilaymiz, model va promptlarni sozlaymiz, xarajatlarni nazorat qilamiz. Bu qo'llab-quvvatlash shartnomasi asosida.
Boshqa xizmatlar
Ovozli AI agent
Kiruvchi qo'ng'iroqlarga javob beradigan va mijozlaringizga o'zi qo'ng'iroq qiladigan AI agent: eslatmalar, tasdiqlash va arizalarga qayta qo'ng'iroq. Suhbat natijasi jamoangizga yetkaziladi.
BatafsilIntegratsiyalar
To'lov tizimlari (Payme, Click, Uzum, Octo, Humo, Uzcard, Visa, Mastercard), Smartup va 1C, Shopify va boshqa servislarni bir-biriga ulaymiz.
BatafsilMobil ilova yaratish
iOS va Android ilovalari: dizayn, dasturlash, backend va App Store hamda Google Play'ga joylash. Bitta jamoa, bitta shartnoma.
BatafsilCRM va ERP tizimlar
Jarayonlaringizga moslangan CRM va ERP: mijozlar, savdo, ombor, moliya va hisobotlar. Telegram, sayt va 1C bilan integratsiya.
Batafsil
Loyihangizni muhokama qilamiz
Nima kerakligini yozing — 24 soat ichida bog'lanamiz, vazifani ko'rib chiqamiz va narx, muddat va ish hajmi yozilgan taklif yuboramiz. $1 500 dan boshlanadigan loyihalar bilan ishlaymiz.
