Yettita ishlab turgan mahsulot: tibbiyot, transport, turizm, ta'lim, ko'chmas mulk va savdo. Har biri haqida — qanday vazifa turgani, nima qilganimiz va mahsulot qanday ishlashi.
Ustma-ust yozilgan bemorlar, qog'oz kartalar va kun oxirida qo'lda sanaladigan kassa — xususiy klinikaning kundalik muammolari. MyClinic ularni bitta bulutli tizimda hal qiladi: jadval, bemor kartasi, kassa va eslatmalar o'rnatishsiz, istalgan qurilmadan ishlaydi.
VebBulutli servisEmail va TelegramReal vaqtda yangilanishKo'p klinikali
Shaharlararo avtobus chiptasi uchun ko'pincha avtovokzalga borish yoki tashuvchiga qo'ng'iroq qilish kerak bo'ladi. abilet buni telefondan bir necha daqiqada bajariladigan xaridga aylantiradi: reys qidirish, joy tanlash va Humo yoki Uzcard bilan to'lov.
Diplom yoki shartnomani chop etish uchun faylni flesh-diskka yozib, nusxa ko'chirish markazida navbat kutish kerak bo'ladi. Virtual Printer'da fayl Telegram botga yuboriladi, narx oldindan ko'rinadi, tayyor nusxalarni esa kuryer olib keladi.
Telegram botClickYetkazib berishKo'p rolli boshqaruv
Farzandi kech gapira boshlagan ota-onalar uyda qanday mashq qilishni bilmaydi, o'zbek tilida esa bunday ilovalar juda kam. Laliya — o'yin shaklidagi o'zbekcha nutq mashqlari: bola kuniga 10 daqiqa mashq qiladi, ota-ona esa uning har bir javobini eshitadi.
AndroidOvoz yozishOta-onalar uchun statistikaTurli xil interaktiv mashqlar
Aeroportda haydovchilar bilan narx kelishish va naqd pul izlash — O'zbekistonga kelgan sayyohning birinchi muammosi. GoAsia'da transfer va shahar sayohatlari mashina sinfi va narxi oldindan ko'rinadigan holda saytda yoki iOS va Android ilovalarida bron qilinadi.
Toshkentda kvartira izlayotgan odam o'nlab Telegram kanallarini varaqlaydi va bir xil e'lonni qayta-qayta ko'radi. RealEstate e'lonlarni o'zi yig'adi, takrorlarini olib tashlaydi va ularni filtrli hamda xaritali qidiruvga aylantiradi.
Ma'lumot yig'ishQidiruvXaritaAI orqali tahlilO'xshash e'lonlarSaqlangan e'lonlar
Buyurtmalar telefon va messenjerda, mahsulot va narxlar esa alohida hisob tizimida bo'lsa, har bir buyurtma qo'lda qayta kiritiladi. Maishiy kimyo brendi Wallner uchun ikki qismli yechim: xaridorlar Telegram'dan chiqmasdan buyurtma beradigan do'kon va buyurtmalar tushadigan ERP tizimi.
ERPTelegram mini-ilovasiClick / Payme to'lovlariSmartup integratsiyasiUlgurji savdo