Huquqiy ma'lumot

Maxfiylik siyosati

Biz qanday ma'lumotlarni to'plashimiz, saqlashimiz va ishlatishimiz haqida shaffof tushuntirish.

So'nggi yangilanish: 24-oktabr, 2026

01

Kirish

Ushbu maxfiylik siyosati SyncLab (keyingi o'rinlarda — "biz") veb-sayti, xizmatlari va mahsulotlari orqali to'plangan ma'lumotlarga nisbatan qo'llaniladi.

Biz mijozlarning shaxsiy ma'lumotlarini hurmat qilamiz va ularni faqat xizmat ko'rsatish, loyihani bajarish va qonuniy majburiyatlarni bajarish uchun ishlatamiz.

02

Biz qanday ma'lumot to'playmiz

Quyidagi turdagi ma'lumotlarni to'plashimiz mumkin:

  • Aloqa ma'lumotlari: ism, email, telefon raqami, Telegram username
  • Kompaniya ma'lumotlari: kompaniya nomi, lavozim, loyiha tavsifi
  • Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, brauzer turi, qurilma, tashrif vaqti
  • Akademiyaga qiziqish: yo'nalish, tajriba, o'rganish yoki loyiha maqsadi; loyiha hujjatlari va yozishmalar tarixi
03

Ma'lumotdan foydalanish maqsadlari

Biz to'plangan ma'lumotlarni quyidagi maqsadlarda ishlatamiz:

  • Loyiha yoki Akademiya bo'yicha arizangizga javob berish va siz bilan bog'lanish;
  • Shartnoma va loyiha doirasidagi xizmatlarni ko'rsatish
  • Xizmat sifatini yaxshilash va texnik muammolarni hal qilish
  • Qonuniy majburiyatlar va hisobotlarni bajarish
04

Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlaringiz ishonchli provayderlarda (masalan, ishonchli cloud platformalar) saqlanadi va bizning ichki tizimlarimiz orqali himoyalanadi.

Biz ma'lumotlarni faol loyiha davrida va undan keyin qonuniy talablarga muvofiq saqlaymiz. Loyiha tugagandan so'ng ma'lumotlar arxivlanadi yoki o'chiriladi.

05

Uchinchi tomonlarga berish

Biz shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi tomonlarga sotmaymiz va bermaymiz, quyidagi holatlar bundan mustasno:

  • Mijozning aniq roziligi bilan
  • Loyiha bajarilishi uchun zarur bo'lgan hamkorlar (masalan, hosting provayderi) bilan, minimal zarur doirada
  • Qonuniy talab yoki davlat organlarining so'rovi asosida
06

Biz foydalanadigan xizmatlar

Sayt ishlashi va so'rovlarni qayta ishlash uchun quyidagi xizmatlardan foydalanamiz:

  • Google Tag Manager va Google Analytics — saytdan foydalanish statistikasi uchun
  • Telegram — saytdagi formadan kelgan so'rov bizning ichki Telegram botimizga yuboriladi
  • Cloudflare — sayt hostingi, himoya va spamdan saqlash (Turnstile)
07

Cookie fayllari

Saytimiz ishlashi uchun zarur cookie fayllaridan va Google Analytics statistika cookie fayllaridan foydalanadi.

Brauzer sozlamalari orqali cookie fayllarini o'chirib qo'yishingiz mumkin. Bu sayt funksionalligiga ta'sir qilishi mumkin.

08

Foydalanuvchi huquqlari

Siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni so'rash va olish
  • Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatishni talab qilish
  • Ma'lumotlaringizni o'chirishni yoki eksport qilishni talab qilish
  • Ma'lumotlarni qayta ishlashga e'tiroz bildirish
09

Siyosatga o'zgartirishlar

Biz ushbu siyosatni vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin. Muhim o'zgartirishlar haqida veb-sayt orqali xabar beramiz. Yangilangan versiya e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

10

Bog'lanish

Maxfiylik siyosati bo'yicha savollaringiz bo'lsa, biz bilan bog'laning:

Email: hello@synclab.uz